23 fevral kuni Toşkent şahrida Qozoğiston va Özbekiston diplomatlari örtasida ikki yoqlama hamkorlik böyiça 16-hukumatlararo komissiya yiğilişi bölib ötdi.
Tadbirda bölgan "Kun" muxbirining xabar berişiça, yiğilişda tomonlar Komissiyaning 15-yiğilişi doirasida qabul qilingan qarorlar ijrosi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik, şartnomaviy-huquqiy asosni kengaytiriş masalalarini muhokama qilişdi. Şuningdek bojxona, neft-gaz, madaniy-gumanitar, atrof-muhit muhofazasi va boşqa masalalar yuzasidan fikr almaşişdi.

Komissiya mazkur yiğilişni yaqin kunlarda amalga oşirişi kutilayotgan oliy darajadagi tadbirga har tomonlama sifatli tayyorgarlik sifatida baholadi.
Tadbirda Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi strategik hamkorlik birinçi örinda savdo-iqtisodiy sohada mustahkamlanib va rivojlanib borayotgani ta'kidlandi.
Qozoğiston Özbekistonning eng muhim hamkorlaridan biri hisoblanadi. Hukumat vakillari bergan ma'lumotlarga köra, 2016 yilda ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi biroz qisqarib, 2 milliard dollardan oşgan.
Hozirda Özbekiston hududida 229 ta korxona öz faoliyatini yuritadi, şulardan 192 tasi qöşma korxona, 37 tasi 100 foiz xorijiy kapital asosida taşkil topgan.
Taşqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Qozoğistonning 3 ta firma va kompaniyasi akkreditatsiyadan ötgan.
Hukumatlararo yiğiliş yakuniga köra, ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Ikki mamlakat örtasidagi bundan avvalgi, 15-yiğiliş 2016 yilning 11 martida Ostona şahrida bölib ötgan.











