23 fevral kuni Toşkent şahrida bölib ötgan 16-Hukumatlararo yiğilişda Oçilboy Ramatov Özbekistonning Qozoğiston bilan aloqalarni rivojlantirişdagi asosiy yönalişlardan biri transport-tranzit tizimi ekanligini alohida qayd etdi. 

"Biz bu yönalişda bugungi Hukumatlararo yiğiliş doirasida döstlik tranzitida özaro manfaatli, imtiyozli şaroitlarni yaratişga kelişib olişni maqsad qilganmiz", - dedi O.Ramatov. 

"Kun" muxbirining xabar berişiça, Özbekiston Qozoğiston hududiga optik tolalar, meva va sabzavotlar, mineral öğitlar, rangli metallar, töqimaçilik mahsulotlarini yetkaziş taklifini berdi. Öz örnida, Qozoğistondan don mahsulotlarini qabul qiliş imkonini körib çiqilişi qayd etildi. 

O.Ramatov yaqin vaqt içida Toşkent-Samarqand yönalişini Qozoğistonning Maktaaral tumani orqali boğlovçi M-39 avtoyölini oçiş böyiça kelişuvga erişişga umid bildirdi. Şuningdek Qozoğiston tomonning transport sohasidagi yangi takliflarini, xususan, Olmaota-Toşkent örtasida tezyurar poyezdlar va avtobuslarni yölga qöyiş masalasini diqqat bilan örganib çiqişga tayyor ekanini ma'lum qildi.