Bugun, 23 fevral kuni Toşkentdagi Xalqaro biznes markazida Qozoğiston Respublikasi boş vaziri örinbosari A.Mamin boşçiligdagi delegatsiyaning Toşkentga taşrifi doirasida ikki tomonlama hamkorlik böyiça 16-Hukumatlararo komissiya yiğilişi bölib ötdi.
Unda qöşni Qozoğiston vakillari Özbekistondagi islohotlarni diqqat bilan kuzatib borayotganliklarini ta'kidlaşdi. Şuningdek Qozoğistonda ham modernizatsiyalaşning 3-bosqiçi amalga oşirilayotgani qayd etildi.
"Kun" muxbirining xabar berişiça, tadbirda Qozoğiston hududida savdo uylari yaratilgani aytib ötildi. Şuningdek sohalar böyiça hamkorlik kölamini yanada kengaytiriş maqsadga muvofiq ekani ta'kidlandi.

Şu örinda GM aksiyadorlik jamiyati avtomobillarining bundan buyon Qozoğiston hududida ham yiğilişi qayd etildi. Özbekiston Respublikasi boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov bu borada özaro kelişuvga erişilgani hamda loyihaning mart oyidan yölga qöyilişini ma'lum qildi.












