Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda “adashganlar” to‘g‘ri yo‘lga qaytarilmoqda
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan tadbirlar ijrosini ta'minlash hamda xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatidagi sektor rahbarlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Milliy xavfsizlik xizmati Andijon viloyati Boshqarmasi boshlig‘i turli diniy ekstremistik oqimlarga aralashib qolgan shaxslarni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, Davlat rahbari tomonidan afv etilib, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan hamda maxsus hisobdan chiqarilib, jamiyatga qaytarilgan shaxslarning muammolari bilan muntazam ravishda shug‘ullanib kelmoqda.
Shu yilning fevral-mart oylarida boshqarma rahbarlari tomonidan «akromiylar» diniy ekstremistik oqimi a'zosi sifatida qidiruvda bo‘lgan Muhammadjon Karimov, maxsus hisobdan chikarilgan Kibriyoxon Qodirova, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan Husniddin Yusupov, G‘anijon Mingboyev, Kamoldin Sodiqov, Mahfuza Rahmatullayevalarning xonadonlariga tashriflar amalga oshirildi.
Ular bilan muloqot davomida mutasaddi rahbarlar fuqarolarni qiynayotgan muammolarini tinglab, ularni hal etish bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etdilar.
Mavzuga oid
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
08:51 / 20.06.2026
Andijonda 2,5 kilogrammga yaqin gashish musodara qilindi
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026