O‘zbekiston | 18:30 / 15.03.2018
6848
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda O‘zbekiston turizmi yilini o‘tkazishga doir hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning 17-yig‘ilishida turizm bo‘yicha Hamkorlik memorandumi imzolandi. KUN.UZ muxbiri Qo‘mita vakillari bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.

Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda 2018 yilda "Qozog‘istonda O‘zbekiston turizmi yili"ni o‘tkazishga doir qo‘shma chora-tadbirlar rejasi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov va Qozog‘iston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi qoshidagi Turizm sanoati qo‘mitasi raisi M.Murzamadiyeva tomonidan imzolandi.

Foto: Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot xizmati

Hujjatda ikki mamlakatning turizm sohasi bo‘yicha tajriba almashishi, Qozog‘iston Respublikasida o‘tkaziladigan ko‘rgazmalarda o‘zbekistonlik turistik kompaniyalarning ishtirokini ta'minlash, shuningdek Qozog‘istonda O‘zbekiston turizmi kunlarini o‘tkazish, ikki mamlakat o‘rtasida turistik forumni tashkillashtirish kabi  qator muhim tadbirlar o‘rin olgan. Shuningdek unda sayyohlarning transchegaraviy harakatlanish jarayonlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Mavzuga oid