O‘zbekiston | 15:20 / 15.03.2018
9047
1 daqiqa o‘qiladi

Markaziy Osiyo beshligining Ostonadagi uchrashuvi boshlandi

Ostonada Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ilk maslahat uchrashuvi boshlandi. 

Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston Prezidentlari va Turkmaniston delegatsiyasi rahbari ishtirok etmoqda.

Qayd etish kerakki, bunday norasmiy uchrashuv o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tegishli. Shavkat Mirziyoyev 2017 yil sentabrda BMT Bosh assambleyasining 72-sessiyasida Markaziy Osiyoda siyosiy ishonch darajasi ancha oshgani, ko‘plab masalalar bo‘yicha prinsipial muhim yechimlar topishga muvaffaq bo‘linganini aytib, shunday uchrashuv o‘tkazish g‘oyasini bildirgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid