Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Afg‘onistondagi qo‘shinlari sonini 18 minggacha oshiradi
NATO Afg‘onistondagi nojangovar harbiy missiyasi sonini 18 ming kishigacha oshiradi. Bu haqda alyansning bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.
“Biz harbiy tayyorgarlik bo‘yicha missiyamiz sonini 18 ming kishigacha kengaytirishga qaror qildik”, deb aytdi Stoltenberg Bryusselda jurnalistlarga.
Stoltenberg “Tolibon” harakatini Afg‘oniston hukumatining muzokaralar o‘tkazish chaqirig‘iga javob berishga chorladi.
NATOning “Qat'iy ko‘mak” missiyasi Afg‘onistonda 2015 yil 1 yanvardan beri faoliyat olib boradi. NATO va Afg‘oniston o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, Afg‘onistonda NATOning 12 mingga yaqin harbiysi bor bo‘lib, ularning vazifalariga Afg‘oniston kuch tuzilmalarini o‘qitish va ularga maslahat berish kiradi. Missiya nojangovar deb e'lon qilingan.
Mavzuga oid
20:08 / 07.07.2026
Anqarada NATO sammiti boshlandi - Tramp Turkiyaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026