Jahon | 13:30 / 16.03.2018
3992
2 daqiqa o‘qiladi

Ostonada O‘zbekiston-Qozog‘iston turistik forumiga start berildi

Bugun, 16 mart kuni Ostona shahridagi «RitzCarlton» mehmonxonasida Xalqaro qozoq-o‘zbek turistik forumiga start berildi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi vakillarining KUN.UZ'ga ma'lum qilishicha, forum doirasida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:

1. Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab xalqaro darajadagi transchegaraviy marshrut targ‘iboti;

2. Buyuk Ipak yo‘lining O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari hududlari bo‘ylab investitsion loyihalarni amalga oshirish;

3. O‘rta Osiyoda hunarmandchilikni rivojlantirish istiqbollari;

4. Turistik mahsulotlar marketingi va targ‘iboti.

Shuningdek forum ishtirokchilari uchun  «KazakhTourism» milliy kompaniyasi tashabbusi bilan Qozog‘istonning diqqatga sazovor maskanlariga maxsus tur tashkillashtiriladi. O‘zbekistonlik mehmonlar 15 martdan 20 martga qadar qardosh mamlakatning turistik salohiyati va uning tarixiy maskanlari bilan yaqindan tanshitiriladi.

Bundan tashqari, "Qozog‘istonda O‘zbekiston yili" ochilishiga oid tadbirlar doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston amaliy san'at ustalarining ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid