Jahon | 09:32 / 17.03.2018
13623
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda Berezovskiyning safdoshi it tasmasi bilan bo‘g‘ib o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin

Foto: Anton Kavashkin/TASS

Boris Berezovskiyning safdoshi Nikolay Glushkovni it tasmasi bilan bo‘g‘ib o‘ldirishgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Independent manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, tergovchilar ushbu versiyani asosiy sifatida ko‘rishmoqda. Ular Glushkovning o‘ldirilishi bo‘yicha ishni surishtiruvdan o‘tkazishyapti.

68 yoshli tadbirkor London janubi-g‘arbidagi o‘z uyida 12 mart kuni o‘lik holda topilgandi. Turli xabarlarga ko‘ra, Britaniya politsiyasi Glushkovning o‘ldirilishi GRU sobiq polkovnigi Sergey Skipalning zaharlanishiga aloqador emas, degan taxminda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Moskva shahrining Lefortovo sudi «Atoll-1» xususiy qo‘riqlash korxonasi sobiq rahbari, marhum milliarder va siyosatchi Boris Berezovskiyning shaxsiy tansoqchisi bo‘lgan Sergey Sokolovni hibsga olish haqida qaror chiqargandi.

Mavzuga oid