Rossiya boş prokurori maslahatçisi Nikolay Atmonevning ma'lum qilişiça, Aleksandr Litvinenko ölimida köproq Boris Berezovskiy manfaatdor bölgan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Bir narsani aytiş uçun barça asoslarga egaman – öşa paytda Litvinenkoning ölimida köproq Berezovskiy manfaatdor bölgan», - deya aytib ötdi Atmonev.
Uning sözlariga köra, Britaniya tomoni Berezovskiyga qoçqin maqomini berdi, garçi unga tayyorlanayotgan suiqasd böyiça dalillarni topmagan.
«Britaniya IIV vakili Hezel Blirz suriştiruv işlari natijasi böyiça tergov 2003 yilning yozida Londonda Boris Berezovskiyga suiqasd haqida obektiv isbotlar yöqligi tufayli töxtatilgani haqida rasman ma'lum qilgan. Şunga qaramay, Buyuk Britaniya içki işlar vaziri Berezovskiyga qoçqin maqomini beriş haqida qaror qabul qildi va şu asosda uni Rossiya Boş prokurori murojaati böyiça topşirişdan boş tortdi», - deya aytib ötdi Atmonev.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Boş prokuraturasi Berezovskiy, Litvinenko va Skripal işini özaro boğlagandi.











