Boris Berezovskiyning safdoşi Nikolay Gluşkovni it tasmasi bilan böğib öldirişgan bölişi mumkin. Bu haqda Independent manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, tergovçilar uşbu versiyani asosiy sifatida körişmoqda. Ular Gluşkovning öldirilişi böyiça işni suriştiruvdan ötkazişyapti.

68 yoşli tadbirkor London janubi-ğarbidagi öz uyida 12 mart kuni ölik holda topilgandi. Turli xabarlarga köra, Britaniya politsiyasi Gluşkovning öldirilişi GRU sobiq polkovnigi Sergey Skipalning zaharlanişiga aloqador emas, degan taxminda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning yanvar oyida Moskva şahrining Lefortovo sudi «Atoll-1» xususiy qöriqlaş korxonasi sobiq rahbari, marhum milliarder va siyosatçi Boris Berezovskiyning şaxsiy tansoqçisi bölgan Sergey Sokolovni hibsga oliş haqida qaror çiqargandi.