Skotland-Yard Londonda «Aeroflot» boş direktori sobiq örinbosari Nikolay Gluşkovning ölimi va Solsberida GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanişi örtasida boğliqlikni körmayapti. Bu haqda Sky News xabar berdi.

«Biz suriştiruv işlari davomida hozirça Solsberida qotillikka urinişga qandaydir boğliqlik bor ekanidan dalolat beruvçi heç narsani aniqlamadik», - deyiladi bayonotda.

Ta'kidlanişiça, suriştiruv işlari sababli heç qanday hibsga olişlar röy bermagan.

«Tergovda ijobiy özgarişlar bor, biz qator guvohlarni eşitdik hamda 400dan ortiq daliliy aşyoni örganmoqdamiz. Biz hozirça zöravonlik holatidan darak beruvçi heç narsani topmadik, biroq sud-tibbiy ekspertlar janob Gluşkovning uyida işlaşda davom etmoqda», - deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Londonda Boris Berezovskiyning safdoşi Nikolay Gluşkov it tasmasi bilan böğib öldirilgan bölişi mumkin ekani haqida xabar berilgandi.