Rossiya boş prokurori örinbosari Saak Karapetyanning ma'lum qilişiça, Sergey Skripal, Boris Berezovskiy va Aleksandr Litvinenko işi bitta ssenariy böyiça yuritilmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bergan.

«GRU sobiq zobiti Skripal va uning qizi zaharlanişi haqidagi xabarlar tufayli Rossiyaga qarşi kampaniya Britaniya hukumati tomonidan provokatsion ssenariy böyiça yuritilmoqda. Xuddi şunday holat Rossiya Federatsiyasiga 2003 yilning yozida Londonda Boris Berezovskiyga uyuştirilgan suiqasd va 2006 yilning noyabrida Buyuk Britaniyada Aleksandr Litvinenkoning vafot etiş böyiça vaziyatlarda ham kuzatilgandi», - deya aytib ötdi Karapetyan.

Uning ta'kidlaşiça, barça uçta holatda ham provokatsiyalar sub'yekti sifatida Rossiyada oğir jinoyatlarni sodir etganlik uçun ta'qibda bölgan şaxslardan foydalanilgan.

«Barça uç holatda Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan Buyuk Britaniya hududida zaharlovçi moddalar qöllanilişiga doir asossiz ayblovlar yomğiri yoğdirilgandi, şu sababdan Rossiyaga qarşi sanksiyalar qöllaş lozimligi böyiça bayonotlar berildi», - deya qöşimça qilib ötdi Karapetyan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Skripal öziga kelgani va gapira boşlagani xabar qilingandi.