Moskva şahrining Lefortovo sudi Sergey Sokolovni hibsga oliş haqida qaror çiqardi. U «Atoll-1» xususiy qöriqlaş korxonasi sobiq rahbari, marhum milliarder va siyosatçi Boris Berezovskiyning şaxsiy tansoqçisi bölgan. Bu haqda «Interfaks» sud matbuot kotibi Yekaterina Krasnovaga tayangan holda xabar bermoqda.

«Tergovçining talabi bilan sud tomonidan Sokolovga nisbatan ikki oylik muddatga, ya'ni 16 martga qadar qamoqqa oliş töğrisida ehtiyot çorasi qöllanildi», - deya aytib ötdi Krasnova.

Sokolov Moskvada 16 yanvar kuni qölga olingan. U va uning ehtimoliy şeriklari Rossiya JKning 222-moddasi 2-qismi, 222.1-moddasi 2-qismida (qurol-yaroğ va portlovçi moddalar va portlovçi qurilmalarning noqonuniy aylanmasi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda gumonlanmoqda.