Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Suriyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
Foto: RIA "Novosti"
Yevropa ittifoqi Suriyaga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni kengaytirdi. Bu haqda YeI Kengashi matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan bayonotda aytiladi.
Ta'kidlanishicha, sanksiya ro‘yxatiga to‘rt kishi qo‘shildi. Ular, YeI bayonotida aytilishicha, kimyoviy qurolni ishlab chiqish hamda undan foydalanishga aloqador bo‘lishi mumkin.
Ular orasida – yuqori mansabli harbiy amaldor, shuningdek, ilmiy-tadqiqot markazida ishlovchi uch nafar olim bor.
Avvalroq YeI Suriya sanoat va axborot vazirlariga qarshi sanksiyalar joriy etgandi.
Mavzuga oid
18:03 / 19.05.2026
Qirg‘izistonda sanksiyalar tahdidi tufayli 50 ta korxona tugatildi
09:16 / 12.05.2026
YeI isroillik ko‘chmanchilarga qarshi yangi sanksiyalarni kelishib oldi
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
22:54 / 25.04.2026