Jamiyat | 08:21 / 19.03.2018
15819
1 daqiqa o‘qiladi

Yo‘l chetida turgan profilaktika inspektorini mashinada urib ketishdi

Foto: Dreamstime.com

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida jinoyat yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 17 mart kuni soat 21.30larda Qorasuv mahallasida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan A.M. o‘zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini Ibrat MFY hududidan o‘tuvchi “Yangiqo‘rg‘on-Nanay” avtomobil yo‘lining 3-kilometrida haydab ketayotib, yo‘l chetida turgan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB profilaktika inspektori Sh.M.ni urib yuborgan.

Natijada Sh.M. kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid