Jahon | 11:07 / 19.03.2018
4426
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyaning Daniyadagi elchixonasi noma'lum shaxslar hujumiga uchradi

Turkiyaning Daniyadagi elchixonasiga noma'lum shaxslar hujum qildi. Hodisa 19 mart kuni ertalab yuz bergan. Elchixonaga yonuvchi aralashmalar otishgan.

Bu haqda Reuters agentligi mahalliy politsiyaga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Kopengagendagi diplomatik vakolatxona binosining old qismiga biroz zarar yetgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.

Foto: Twitter/@pressefotosdk
Foto: Twitter/@pressefotosdk
Foto: Twitter/@pressefotosdk
Foto: Twitter/@pressefotosdk

Politsiya ro‘y bergan voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid