Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chechenistonda O‘zbekistonning besh fuqarosi qo‘lga olindi
Foto: grozny-inform.ru
Checheniston poytaxti Grozniyda O‘zbekistonning besh fuqarosi mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan rejali reyd tadbirlari davomida qo‘lga olindi. Ular rasmiy ro‘yxatdan o‘tmay yashashgan, bu esa Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lishning qonunchilik bilan o‘rnatilgan rejimini buzish sanaladi.
Bu haqda Rossiya sud ijrochilari federal xizmatining Checheniston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sud qo‘lga olingan o‘zbekistonliklarni RFda bo‘lish rejimini buzganlikda aybdor deb topdi, ularga nisbatan 2 ming rubl miqdorida jarima tayinlandi. Shuningdek, ushbu 5 shaxs Rossiyadan chiqarib yuboriladigan bo‘ldi.
Sud ijrochilari tegishli hujjatlar tayyor bo‘lganidan so‘ng qoidabuzarlarni Moskvadagi «Vnukovo» aeroportiga olib borishdi hamda «Moskva-Toshkent» aviareysiga o‘tkazib yuborishgan.
Mavzuga oid
11:43 / 17.05.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:43 / 14.05.2026
Rossiyada migrantlarni chiqarib yuborish bo‘yicha yangi qoidalar ma’qullandi
10:03 / 13.05.2026
Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
10:04 / 10.05.2026