Çeçeniston poytaxti Grozniyda Özbekistonning beş fuqarosi mahalliy huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan rejali reyd tadbirlari davomida qölga olindi. Ular rasmiy röyxatdan ötmay yaşaşgan, bu esa Rossiya Federatsiyasi hududida bölişning qonunçilik bilan örnatilgan rejimini buziş sanaladi.
Bu haqda Rossiya sud ijroçilari federal xizmatining Çeçeniston Respublikasi böyiça boşqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sud qölga olingan özbekistonliklarni RFda böliş rejimini buzganlikda aybdor deb topdi, ularga nisbatan 2 ming rubl miqdorida jarima tayinlandi. Şuningdek, uşbu 5 şaxs Rossiyadan çiqarib yuboriladigan böldi.
Sud ijroçilari tegişli hujjatlar tayyor bölganidan söng qoidabuzarlarni Moskvadagi «Vnukovo» aeroportiga olib borişdi hamda «Moskva-Toşkent» aviareysiga ötkazib yuborişgan.













