Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook video orqali pul ishlash imkonini yaratmoqda
Foto: iStock
Facebook kompaniyasi videoga pullik obunalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Foydalanuvchilar buning evaziga u yoki bu video muallifining eksklyuziv mahsulotiga kirish va uning obunachisi belgisini olishi mumkin, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Obuna oyiga 4,99 dollar turadi, deb xabar qildi Recode nashri manbalarga tayanmagan holda. Video muallifi bu summadan 3,5 dollarni oladi – qolgan foiz Apple va Google’ga o‘z platformalarida tranzaksiyalar o‘tkazilgani uchun beriladi.
Recode’ning ta'kidlashicha, ijtimoiy tarmoq video mualliflari YouTube’ga o‘tib ketmasliklari uchun obunalarni tashkil qilmoqda. Nashr ma'lumotiga ko‘ra, yangi funksiyani sinovdan o‘tkazish aprel oyi o‘rtalarida boshlanadi. Dastlab obunalar faqat video mualliflarining cheklangan doirasiga taqdim etiladi, deya ma'lum qilishgan Facebook’dan.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
08:40 / 26.03.2025