Facebook kompaniyasi videoga pullik obunalarni işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Foydalanuvçilar buning evaziga u yoki bu video muallifining eksklyuziv mahsulotiga kiriş va uning obunaçisi belgisini olişi mumkin, deb xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.
Obuna oyiga 4,99 dollar turadi, deb xabar qildi Recode naşri manbalarga tayanmagan holda. Video muallifi bu summadan 3,5 dollarni oladi – qolgan foiz Apple va Google’ga öz platformalarida tranzaksiyalar ötkazilgani uçun beriladi.
Recode’ning ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoq video mualliflari YouTube’ga ötib ketmasliklari uçun obunalarni taşkil qilmoqda. Naşr ma'lumotiga köra, yangi funksiyani sinovdan ötkaziş aprel oyi örtalarida boşlanadi. Dastlab obunalar faqat video mualliflarining çeklangan doirasiga taqdim etiladi, deya ma'lum qilişgan Facebook’dan.

















