O‘zbekiston | 10:30 / 20.03.2018
15095
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdan Ribachega ilk poyezd qatnovi 22 martdan yo‘lga qo‘yiladi 

Foto: O‘zbekiston temir yo‘llari axborot xizmati

Joriy yilning 22 mart kunidan boshlab «Toshkent-Bishkek-Ribache-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar bermoqda.

Poyezd Toshkent Markaziy vokzalidan kechki soat 20:50da jo‘naydi. Dastlabki poyezd 9ta vagondan iborat bo‘lib, tarkibdan lyuks, kupe, platskart va restoran vagonlari joy olgan.

Ribachega yo‘l oladigan ilk poyezd 300 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid