Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeff Bezos robot-iti bilan sayrga chiqdi
Amerikalik milliarder va Amazon kompaniyasi asoschisi Jyeff Bezos o‘zining robot-itini sayrga olib chiqqani aks etgan suratini namoyish etdi. Ishbilarmon Boston Dynamics kompaniyasining SpotMini itini dunyoga ko‘rsatish haqidagi qarori haqida robototexnika, mashina ta'limi va kosmos tadqiqotlariga bag‘ishlangan MARS konferensiyasida ma'lum qilgan edi.
Bezos va uning yangi "do‘sti" surati 4 mingga yaqin Twitter foydalanuvchisi tomonidan bo‘lishildi.
SpotMini robot-iti taqdimotlarda o‘z egasiga ichimlik keltirib bergani va roboqo‘li yordamida eshiklarni ochgani bilan tanilgan.
19 mart kuni Kaliforniyada ochilgan konferensiyada Amazon rahbari mehmonlarga boshqa qurilmalarni ham namoyish etdi. Masalan, u hamma yerda rahbarining izidan yuruvchi yetkazib beruvchi-robotni namoyish qildi. Bezosning yuqori texnologiyalari bosh uzra uchuvchi dron bilan to‘ldirildi.
Mavzuga oid
07:16 / 29.11.2025
Xitoy Vetnam chegarasida Walker S2 odamsimon robotlarini joylashtirmoqda
16:09 / 11.11.2025
AQShda “Nyu Glenn” raketacining birinchi tijorat parvozi qoldirildi
18:39 / 02.07.2025
Amazon rahbari kompaniyaning 737 mln dollarlik aksiyalarini sotdi
22:36 / 10.06.2025