Şartnoma Vetnam bilan çegaradoş, dengiz böyida joylaşgan Fançengan şahridagi robototexnika markazi bilan tuzilgan. Loyiha doirasida iyul oyida namoyiş etilgan va dunyoda ilk bor akkumulyatorini töliq avtonom ravişda almaştira oladigan maşina sifatida taqdim etilgan Walker S2 robotlari joylaştiriladi. Bu Xitoyda davlat tuzilmalarida antropomorfik robotlardan foydalanişning eng yirik misollaridan biri hisoblanadi.

Pilot dasturga köra, Walker S2 robotlari çegaradagi nazorat-ötkaziş punktlariga joylaştiriladi. Ular sayyohlarga yöl körsatadi, odamlar oqimini tartibga soladi, patrul işlarida yordam beradi va logistika bilan boğliq vazifalarni bajaradi.

UBTECH tomonidan yaratilgan Walker S2 roboti 162 santimetr uzunlik va 43 kilogramm oğirlikka ega. U 48 voltli litiy akkumulyatorlaridan iborat ikki batareyali tizimda işlaydi va faoliyat turiga qarab ikki soatdan tört soatgaça işlay oladi, şundan keyin zaxirasi tugaydi. Akkumulyatorni töliq quvvatlaş 90 daqiqa vaqt oladi.

Modelning eng muhim afzalliklaridan biri — batareyalarni avtonom almaştiriş tizimi. UBTech ma’lumotlariga köra, robot akkumulyatorni töliq quvvatlanganiga taxminan uç daqiqada almaştira oladi. Bu esa inson iştirokisiz deyarli 24 soat işlaş imkonini beradi.

Kompaniya yil oxirigaça 500 ta robot yetkazib berişni, kelgusi yili işlab çiqariş hajmini ön barobar oşirişni va 2027 yilga borib yiliga 10 000 ta robot işlab çiqarişni rejalaştirmoqda.

Xitoyda robototexnika boşqa sohalarda ham jadal rivojlanmoqda: soğliqni saqlaş va qariyalarga ğamxörlik, şahar tozaligi, yöl harakatini boşqariş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, metro orqali va dronlar yordamida avtomatlaştirilgan yetkazib beriş tizimlari şular jumlasidan. Çegara nazorati ham Xitoyning sun’iy intellektni rivojlantirişga intiluvi tobora kuçayib borayotgan yana bir yönalişga aylanmoqda.