Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Londonga chaqiriq bilan chiqdi
Foto: TASS
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, Rossiya Buyuk Britaniyada GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan nafaqat hamkorlik qilishga tayyor, balki kimyoviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga muvofiq buni qilish shart, deb hisoblaydi.
«Biz Rossiya ushbu masalada nafaqat hamkorlik qilishga tayyor ekani, balki kimyoviy qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya bandlariga to‘la muvofiq holda buni amalga oshirish shart, deb hisoblashini tasdiqladik. Eng asosiysi, bunga Britaniya tomoni ham rozi bo‘lishi kerak», - deya ma'lum qildi u yaponiyalik hamkasbi Taro Kano bilan muzokaralardan so‘ng.
Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova idora Skripal ishini muhokama qilish uchun xorijiy davlatlarning mamlakatdagi elchilarini chaqirgani haqida xabar bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv bugun, 21 martga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval rossiyalik diplomatlar bo‘lgan uchta avtobus Londondagi elchixona hududini tark etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:30 / 16.03.2026
Yanvarda 1,1 mingdan ziyod o‘zbekistonlik Buyuk Britaniya tomon yo‘l oldi
13:27 / 14.03.2026
Tramp Putinning Erondan uranni Rossiyaga olib chiqish haqidagi g‘oyasini rad etdi
18:02 / 10.03.2026
Britaniyalik 10 ming nafar yozuvchi matnsiz kitob chiqardi
15:19 / 06.03.2026