Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilişiça, Rossiya Buyuk Britaniyada GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal zaharlanişi böyiça iş yuzasidan nafaqat hamkorlik qilişga tayyor, balki kimyoviy qurolni taqiqlaş töğrisidagi konvensiyaga muvofiq buni qiliş şart, deb hisoblaydi.

«Biz Rossiya uşbu masalada nafaqat hamkorlik qilişga tayyor ekani, balki kimyoviy qurolni taqiqlaş töğrisidagi konvensiya bandlariga töla muvofiq holda buni amalga oşiriş şart, deb hisoblaşini tasdiqladik. Eng asosiysi, bunga Britaniya tomoni ham rozi bölişi kerak», - deya ma'lum qildi u yaponiyalik hamkasbi Taro Kano bilan muzokaralardan söng.

Avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova idora Skripal işini muhokama qiliş uçun xorijiy davlatlarning mamlakatdagi elçilarini çaqirgani haqida xabar bergandi. Uning sözlariga köra, uçraşuv bugun, 21 martga belgilangan.

Eslatib ötamiz, bundan avval rossiyalik diplomatlar bölgan uçta avtobus Londondagi elçixona hududini tark etgani xabar qilingandi.