Sport | 15:10 / 21.03.2018
17684
1 daqiqa o‘qiladi

Messi «Real» bazasida mashg‘ulot o‘tkazadi

Foto: Vasiliy Ponomarev / Sportbox.ru

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan birgalikda klubining Ispaniya chempionatidagi prinsipial raqibi bo‘lmish «Real» klubi bazasida mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu haqda Daily Mail.

Argentina termasi 27 mart kuni Ispaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Uchrashuv Madriddagi «Atletiko»ning uy o‘yingohi bo‘lmish «Vanda Metropolitano»da bo‘lib o‘tadi. Ammo argentinaliklar jamoasi o‘rtoqlik uchrashuviga tayyorgarlikni «Real» bazasida o‘tashni ma'qul ko‘rgan.

Argentina Ispaniyaga qarshi o‘yindan oldin  23 mart kuni Manchesterda Italiya termasi bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid