Jamiyat | 15:58 / 23.03.2018
60696
3 daqiqa o‘qiladi

Uzum pishguncha uzumdan tanovul qiling: Oltiariq mehnatkashlari

KUN.UZ tahririyati ijodkorlari Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida bo‘ldi. Bu tuman O‘zbekistonning boshqa hududlari va qo‘shni respublikalarga mirishkorlari va bog‘lari bilan mashhur.

Oltiariq tumaniga tashrif chog‘ida, mahalliy bog‘bonlar bahor fasliga qadar uzumni saqlash mumkin bo‘lgan asosiy usullar bilan tanishtirishdi.

«Uzumchi» mahallasida istiqomat qiluvchi Fozilov Mo‘minjon uzumni saqlash sirlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning aytishicha, uzum oktabr oyi boshida bir qarich novdasi bilan kesilib, suvi bor idishga solib qo‘yiladi va o‘rtacha xona haroratida saqlanadi. Har kuni erta tongda xona shamollatilib, Har 20 kunda idishga yangi, toza ichimlik suvi quyib turiladi. Suvga hech qanday kimyoviy modda aralashtirilmaydi.

Uzumning shifobaxsh xususiyatlari barchaga ma'lum. Tabiiy glyukoza. Shu o‘rinda uning boshqa xususiyatlari haqida ham aytib o‘tamiz. Uzumda tonusni ko‘taruvchi va boshqa funksional xususiyatlarga ega kamida 300ta birikma mavjud. Uzum tarkibini C, A, B1, B2, B5, B6, B9, E, PP, P vitaminlari, natriy, kalsiy, fosfor, magniy, kaliy, marganets, temir, rux, mis va boshqa ko‘plab moddalardan tashkil topgan haqiqiy «kokteyl» deyish mumkin.

Foto: Fozilov Mo‘minjon

Xuddi shu tumanning Povulg‘on qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Abdurahmonov To‘ychiboy bilan ham suhbatda bo‘ldik. Uzumchilik sohasida deyarli 30 yillik tajribaga ega To‘ychiboy aka bu yil uzumning xalq orasida «damskiy» deb nom olgan turini mato va xashaklar bilan o‘rab, tabiiy holda hozirgacha saqlab kelgan. Bog‘bon qishda uzumxona ichiga meva muzlab qolmasligi uchun o‘tin yoqib issiqda saqlagan ekan. U kishi hatto qishda 1 tonna saqlangan mevaning ustiga qor yoqqan payti o‘g‘li bilan chiqib, kurak bilan kuragan paytlarini ham eslab o‘tdi.

Foto: Abdurahmonov To‘ychiboy

Mover.uz'da ko‘rish

Mavzuga oid