Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiya senatiga ilk bor ayol kishi rahbar bo‘ldi
Foto: Reuters
Italiya Senati (parlament yuqori palatasi) raisi lavozimiga Mariya Elizabetta Alberti Kazellati saylandi, deb xabar qilmoqda ANSA.
Shu tariqa, respublika tarixida prezidentdan so‘ng ikkinchi lavozimni ayol kishi egalladi.
Shuningdek xabar qilinishicha, yangi parlamentdagi Deputatlar palatasini (quyi palata) ovoz berish yakunlari bo‘yicha «5 yulduz harakati» a'zosi Roberto Fiko boshqaradi.
Kazellati «Olg‘a, Italiya» partiyasiga 1994 yilda kirgan, harakat aynan o‘shanda tashkil etilgandi. O‘shanda u ilk bor senator sifatida saylangan.
Roberto Fiko esa Deputatlar palatasiga 2013 yilda saylandi, u «5 yulduz harakati» yetakchilaridan biri sanaladi.
Mavzuga oid
13:37 / 14.01.2026
Germaniya, Fransiya, Italiya va Britaniya Eron elchilarini TIVga chaqirdi
15:11 / 10.01.2026
Florensiya teatri Zaxarova va Repin ishtirokidagi namoyishlarni bekor qildi
14:04 / 07.01.2026
O‘zbekistonliklarning Italiyaga safarlari 25 foizga oshdi
12:35 / 25.12.2025