Italiya Senati (parlament yuqori palatasi) raisi lavozimiga Mariya Elizabetta Alberti Kazellati saylandi, deb xabar qilmoqda ANSA.

Şu tariqa, respublika tarixida prezidentdan söng ikkinçi lavozimni ayol kişi egalladi.

Şuningdek xabar qilinişiça, yangi parlamentdagi Deputatlar palatasini (quyi palata) ovoz beriş yakunlari böyiça «5 yulduz harakati» a'zosi Roberto Fiko boşqaradi.

Kazellati «Olğa, Italiya» partiyasiga 1994 yilda kirgan, harakat aynan öşanda taşkil etilgandi. Öşanda u ilk bor senator sifatida saylangan.

Roberto Fiko esa Deputatlar palatasiga 2013 yilda saylandi, u «5 yulduz harakati» yetakçilaridan biri sanaladi.