Ronalduning suddagi ishi pachava bo‘ldi
24 mart kuni «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning soliqlardan bo‘yin tovlaganlik ishi bo‘yicha navbatdagi sud mahkamasi o‘tkazildi.
Futbolchining advokatlari jarayonga uch nafar soliq ekspertini taklif qilishdi. To‘rt soat davom etgan so‘roq natijasida, ekspertlar soliq idoralarining haq ekanini tan olishga majbur bo‘lishgan, deb xabar beradi Cadena Ser.
Bundan tashqari, ekspertlar imij huquqlaridan olingan daromad, ko‘char mulk kabi past stavka bo‘yicha soliqqa tortilishi kerakligi haqidagi advokatlarning fikrini umuman noto‘g‘ri ekanini tasdiqlashgan.
Manbaning ta'kidlashicha, bunday ko‘rsatmalardan so‘ng, Ronaldu hukumat vakillari bilan kelishib olishga va nizoni hal qilish uchun muzokara boshlashga majbur bo‘ladi. Aks holda u soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani uchun 10 yillik qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha Ronaldu bu ish yuzasidan to‘liq aybsiz ekanini ta'kidlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida
10:49 / 13.09.2024
Ronaldu birinchi bo‘lib ijtimoiy tarmoqlarda 1 mlrd obunachiga ega bo‘ldi
11:38 / 12.09.2024
Ronaldu - «Real»dagi faoliyati, Mbappe Madridga o‘tishi va Kroos faoliyatini yakunlagani haqida
19:43 / 02.09.2024