Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Savchenkoni yollaganini rad etib chiqdi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko Rossiya qamoqxonasida jazoni o‘tayotganida yollangani haqidagi ma'lumotni rad etib chiqdi. Bu haqda Peskov «MIR 24» kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Albatta, bu yolg‘on ma'lumot. Savchenko – Ukrainaning ichki ishidir. Kuzatish juda qiziq bo‘lib turibdi. Bugun Yevropa yetakchilari muloqotni davom ettirmoqda, kun oxirigacha Kiyevdagi hukumatga Savchenkoni ozod etish bo‘yicha talab qo‘yilgan qandaydir bayonot qabul qilinishi yoki qilinmasligi ham qiziq. Kuzatamiz», - deya aytib o‘tdi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Oliy radasi deputati Nadejda Savchenko qo‘lga olinganidan so‘ng bayonot bergandi. «Hukumat o‘z tanlovini amalga oshirdi, endi sizlar tanlashingiz kerak», - deya aytib o‘tgan Savchenko.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026