Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya Suriyada yangi amaliyotlar boshlashga tayyorligini ma'lum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildiki, mamlakat qo‘shni Suriya hududida yangi aksilterror amaliyotlar boshlashga tayyor. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.
«Suriyaning Frot daryosidan g‘arbda joylashgan hududlarda aksilterror amaliyotlarni cheklashga qaratilgan chaqiriqlarga yo‘q deymiz. Turkiya uchun terrorchilarni kim qurollantirishi ahamiyatga ega emas, biz ularning barchasini yo‘q qilishga tayyormiz. Taal-Rifatdan Manbijgacha, Tall-Abyaddan Ras-al-Ayngacha bo‘lgan hududlardagi aholi Turkiyani olqishlamoqda. Turkiyaning siyosati xavfsizlik, xotirjamlik va tartib o‘rnatishga qaratilgandir», degan Erdo‘g‘an. Shu bilan birga, Turkiya prezidenti turklar bu yerlarni bosib olmayotgani, balki ozod etayotganini ta'kidlagan. «Hech kim Turkiyani Suriyani istilo etishda ayblashga haqli emas»,— deya qo‘shimcha qilgan u.
Tell-Abyad va Ras-al-Ayn shaharlari Suriya Kurdistonida — Turkiya chegaralariga yondosh joylashgan, bu hududlar YPG (o‘zini o‘zi mudofaa qilish xalq otryadlari) nazoratidadir. Turkiya bu otryadlarni Anqara tomonidan terrorchi tashkilot sifatida baholangan Kurdiston ishchilar partiyasi qanoti sifatida hisoblaydi.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026