Vazir: O‘zbekiston Afg‘oniston import bozorining yarmini egallashni rejalashtirmoqda
O‘zbekiston Afg‘onistonga mahsulotlar eksporti hajmini 3 mlrd AQSh dollarigacha yetkazishi mumkin. O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Xalqro Simpoziumlar saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirda shunday bayonot berdi.
Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda Afg‘onistonning import bozori 6,5 mlrd dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston esa, istiqbolda janubiy qo‘shnisiga ushbu hajmning teng yarmini yetkazib berishi mumkin.
Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida o‘zaro savdo aylanmasi 617 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu 2016 yildagidan 18,7 foizga ko‘pdir. Bunda e'tiborli jihati shundaki, O‘zbekistonning Afg‘onistonga eksporti 614,9 mln dollarga teng bo‘ldi.
Vazirning qayd etishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro tovar aylanmasni yaqin istiqbolda 1,5 mlrd dollarga yetkazishga kelishib olgan.
Mavzuga oid
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
21:27 / 03.10.2024
“Tolibon” Vahan koridorini ochmoqchi. Bu qanchalik real?
14:30 / 01.10.2024
O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Saudiya investitsiyalar vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
23:22 / 24.09.2024