Jahon | 11:55 / 26.03.2018
4327
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya prezidenti Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish loyihasini imzoladi

Foto: Getty Images

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha loyihani imzoladi, ular davlat rahbariga ketma-ket ikki muddat davomida lavozimini egallash imkonini beradi.

«Ryonxap» xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya yetakchisi qonun loyihasiga o‘z imzosini elektron shaklda qo‘ygan, sababi BAAda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Mun Chje In mahalliy saylovlar vaqtida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish loyihasini referendumga olib chiqish taklifini bergandi.

Ta'kidlanishicha, qonun loyihasiga ko‘ra, davlat rahbari ketma-ket ikki muddat davomida o‘z lavozimini egallashi mumkin, shu bilan birga, bu vakolatlar muddati hozirgi besh yildan to‘rt yilga kamaytiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid