Jahon | 19:15 / 27.03.2018
15641
1 daqiqa o‘qiladi

Aktrisa Stefan Odran vafot etdi

Foto: Global Look Press

Aktrisa Stefan Odran vafot etdi, deb xabar bermoqda FranceInfo. U 85 yoshda edi.

San'atkor hayotdan ko‘z yumgani haqidagi ma'lumotni uning o‘g‘li Tom Shabrol tasdiqlagan.

Odran fransuz kinematografining 1970-yillardagi eng mashhur vakillaridan biri sanalgan.

U sobiq turmush o‘rtog‘i Klod Shabrolning filmlari tufayli mashhurlikka erishgan. Bundan tashqari, Luis Bunyuel bilan ham ishlagan.

Aktrisa «Burjuaziyaning kamtar og‘ushi», «Qassob», «Babetta bazmi», «Ishonchsiz xotin» filmlarida suratga tushgan.

Odran – «Kumush ayniq», BAFTA va «Sezar» mukofotlari laureati bo‘lgan.

Mavzuga oid