53 yoşli Zavorotnyuk, ommaviy axborot vositalarida aytilişiça, saraton kasalligi bilan kuraşib kelgan, 2019 yil avgust oyidan beri u teatr spektakllarida iştirok etişni töxtatdi.
«Mening ajoyib enagam» teleseriali unga katta şuhrat keltirdi. Zavorotnyuk hammasi bölib filmlar va televideniyeda 40 dan ortiq rollarni öynagan.
Aktrisa 1971 yilda Astraxanda tuğilgan. Uning onasi RSFSR xalq artisti Valentina Zavorotnyuk, u Astraxan yoşlar teatrida işlagan, otasi esa televideniye rejissyori bölgan, deb yozadi TASS.
Anastasiya Zavorotnyuk MXAT maktab-studiyasini tamomlagan (Avangard Leontev kursi), 1993–2004 yillarda Oleg Tabakov rahbarligidagi maktab-studiya aktrisasi bölgan, u yerda 29 ta spektaklda öynagan va 1991 yilda Vladimir Nabokovning romani asosida «Maşenka» filmidagi boş rol bilan kinoga kirib kelgan.
Rossiya televideniyesida Zavorotnyuk bir neçta dasturlarni, jumladan «Yulduzlar bilan raqs», «Muz ustida raqs» va «Muzlik davri» şoularini olib bordi.
Uni maşhur qilgan «Mening ajoyib enagam» komediya seriali 2004-2008 yillarda suratga olingan. «Muvaffaqiyat juda katta edi. Biroz aqlbovar qilmaydigan darajada. Mutlaqo maşhurlik. Rossiyada. Ukrainada. Sobiq SSSR böylab. Rus tilini tuşunadigan odamlar yaşaydigan butun dunyoda», deb yozdi prodyuser va rejissyor Aleksandr Rodnyanskiy («çet el agentlari» reyestrida) instagramda.
Rodnyanskiy Rossiyaning Ss telekanali va Ukrainaning «1+1» telekanali uçun Amerika serialini moslaştirgan. «Biz aqlli, maftunkor va jasur ukrainalik ayol bilan kelişgan, qat’iyatsiz hamda muvaffaqiyatli moskvalik erkak örtasidagi munosabatlarga moslaştirişga qaror qildik», deb eslaydi Rodnyanskiy.
Uning sözlariga köra, «Mening ajoyib enagam»ning boş qahramonini qidirişda, Zavorotnyuk kelişidan oldin «900 dan ortiq nomzod körib çiqilgan»: «Hayotda u özining qahramoniga umuman öxşamasdi, faqat samimiyligi öxşardi. Asli Astraxandan bölgan «Tabakerka» aktrisasi kastinga uni bir özini qöyib yuborişdan qörqqan eri hamrohligida kelgan».
Aktrisaning jiddiy kasalligi 2019 yilda ma’lum böldi. Keyinçalik qarindoşlari uning glioblastoma (oğir saraton xastaligi)dan davolanayotganini tasdiqlaşdi.
«Buni tuşunişning iloji yöq va töğri sözlarni topiş juda qiyin. Bugun keçqurun, uzoq va oğir kasallikdan söng, bizning Nastya vafot etdi», deyiladi aktrisaning «VKontakte» ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida. Rodnyanskiy Zavorotnyuk «butun avlod uçun bolalik ramzi» bölganini yozgan.












