Jahon | 15:31 / 27.03.2018
15862
1 daqiqa o‘qiladi

Putin milliy motam haqidagi farmonni imzoladi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kemerovoda ro‘y bergan fojia tufayli mamlakatda 28 mart kuni milliy motam e'lon qilish haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar beryapti.

Matbuot xizmatiga ko‘ra, Putin Kemerovo oblastida yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lgani tufayli chorshanba, 28 mart kunini milliy motam sifatida e'lon qilish haqidagi farmonni imzolagan.

Eslatib o‘tamiz, Kemerovodagi “Qishki olcha” to‘rt qavatli savdo markazida yong‘in yakshanba kuni ro‘y berdi. 64 kishi, jumladan 41 nafar bola halok bo‘ldi. 

Avvalroq Putin Kemerovodagi fojianing asl sabablarini aytgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid