Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravshan Ermatov boshqa qit'a chempionlar ligasi 1/2 finalida hakamlik qiladi
FIFA referisi Ravshan Ermatov KONKAKAF Chempionlar ligasi doirasida «Amerika FK» (Meksika) va «Toronto» (Kanada) klublari o‘rtasidagi yarim final uchrashuvini boshqarib boradi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Ermatovga uchrashuvda qanot hakamlari Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi.
Qayd qilinishcha, aslida Ermatov boshchiligidagi hakamlar 3 aprel kuni Osiyo Chempionlar ligasi doirasida «Shanghay Shenhua» (Xitoy) – «Kashima Antlers» (Yaponiya) uchrashuviga tayinlangandi. Biroq bu tayinlov FIFA tomonidan almashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov JCh-2018ni boshqarishi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatidan o‘rin olgan. Yakuniy ro‘yxat tez orada e'lon qilinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:37 / 12.10.2025
Ravshan Ermatov FIFA qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:16 / 06.10.2025
«Yarmining yarmi ham emas» – Kannavaro bilan kelishuvning ayrim tafsilotlari ma’lum qilindi
12:23 / 25.04.2025
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi
15:21 / 26.02.2025