Jahon | 17:04 / 27.03.2018
44092
2 daqiqa o‘qiladi

Sergey Lavrov: Moskva G‘arb davlatlarining surbetligiga javob qaytaradi

Foto: KUN.UZ

Rossiya G‘arb mamlakatlari surbetligiga chidab turmaydi va diplomatlarning chiqarib yuborilishiga javob qaytaradi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent konferensiyasi doirasida ma'lum qildi.

"Javob qaytaramiz, xavotir olmang, - deya ta'kidlab o‘tdi Lavrov TASS savoliga javob qaytarib. – Sababi bunday surbetlikka hech kim chidab tura olmagan bo‘lardi. Biz ham buni qilmaymiz".

"Xulosa shundan iboratki, biz zamonaviy dunyoda, zamonaviy Yevropada mustaqil davlatlar juda kam qolayotgani haqida ta'kidlab o‘tib, to‘g‘ri gapirgandik. Bir yoki ikki diplomatdan mamlakatni tark etish so‘ralganida, biz bu juda katta bosim, shantaj natijasi ekanini bilamiz. U Vashingtonning xalqaro arenadagi vositasidir. Tereza Meyning GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlanishi bo‘yicha ish yuzasidan bergan bayonoti anglosakson, Britaniya adliya tizimini shunchaki haqoratlaydi", - deya ta'kidlab o‘tdi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, g‘arbdagi davlatlarning bu qarori “hukmron elitalar xalq ovoziga quloq tutish istagida emasligini” anglatadi. "Menga materiallarni ko‘rsatishdi – Germaniyaning Welt nashri aholi o‘rtasida so‘rov o‘tkazib, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etish haqidagi savolni o‘rtaga tashladi. 80 foizdan ortig‘i rad javobini berdi. Shuning uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri demokratiya mexanizmlarini ham ko‘proq qo‘llash kerak", - deya ta'kidlab o‘tdi Lavrov.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid