Sport | 22:41 / 28.03.2018
11520
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyo kubogi - 2019 qur'asi - O‘zbekiston uchinchi savatchadan joy olishi mumkin

Foto:  AFC

2019 yil BAAda o‘tkaziladigan Osiyo kubogining barcha ishtirokchisi ma'lum bo‘ldi.

Ma'lumki, musobaqada ilk marotaba 24ta jamoa qatnashadi.

Ular: BAA (mezbon), Qatar, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tailand, Saudiya Arabistoni, Avstraliya, O‘zbekiston, Eron, Suriya, Iroq, Xitoy, Falastin, Ummon, Hindiston, Livan, Turkmaniston, Iordaniya, Bahrayn, Vetnam, Qirg‘iziston, KXDR, Filippin va Yaman.

Musobaqaning qur'a tashlash marosimi 4 may kuni o‘tkazilishi belgilangan. Unda BAA terma jamoasi 1-savatchadan joy oladi. Qolgan jamoalar aprel oyidagi FIFA reytingiga asoslanib, savatchalarga ajratiladi. Ularning taxminiy tarkibi quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

1-savatcha: BAA, Eron, Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni
2-savatcha: Xitoy, Qirg‘iziston, Suriya, Livan, Falastin, Ummon
3-savatcha: O‘zbekiston, Iroq, Hindiston, Qatar, Vetnam, KXDR
4-savatcha: Filippin, Bahrayn, Iordaniya, Yaman, Tailand, Turkmaniston  

Terma jamoalar 6ta guruhga ajratiladi. Guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan, shuningdek, 3-o‘rinni egallagan jamoalardan eng yaxshi 4tasi 1/8 final bosqichiga, pley-off bahslariga yo‘l oladi.

Musobaqa 5 yanvar - 1 fevral kunlari BAAning 4ta shahrida o‘tkaziladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid