Jamiyat | 15:59 / 28.03.2018
15185
2 daqiqa o‘qiladi

Ota-bola firibgarlar ushlandi – IIV

Foto: Shutterstock

Jizzax viloyatining Zomin tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 26 mart kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2016 yil avgust oyida “Istiqlol” QFY Yom qishlog‘ida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1975 yilda tug‘ilgan M.A. va birga yashovchi otasi, nafaqaxo‘r, 1946 yilda tug‘ilgan M.A. tanishi, 1986 yilda tug‘ilgan Sh.I.ning uyida unga ATB “Qishloq qurilish bank” Yangiobod tumani filialida taqiqda turgan “Neksiya” rusumli avtomashinasini taqiqdan chiqarib berishlarini aytib, aldash yo‘li bilan ishonchiga kirib, 28 mln so‘m pulini olib bergan va'dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ko‘rsatilgan. 

Ko‘rilgan choralar natijasida M.A. va M.A. ushlangan.

Mavzuga oid