Rothschild o‘z faoliyatini O‘zbekiston hududiga kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Rothschild moliyaviy guruhi o‘z faoliyatini O‘zbekiston hududiga kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kirishdi. Bu haqda Reuters agentligi Rossiya va MDH mamlakatlaridagi Rothschild vakolatxonasi rahbari Jovanni Salvettiga asosan xabar bermoqda.
Agentlikning ta'kidlashicha, Rothschild hozirgi paytda Qozog‘iston Markaziy bankiga davlat aktivlarini xususiylashtirish to‘g‘risida maslahatlar bermoqda.
Salvettiga ko‘ra, Rothschild yangi prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni ochish uchun choralar ko‘rganidan so‘ng o‘z faoliyatini qo‘shni O‘zbekiston hududida ham kengaytirish imkoniyatini ko‘rib chiqishni boshladi.
«O‘zbekiston - bu ulkan salohiyatga ega mamlakat, hamda yangi ma'muriyat mamlakatni modernizatsiya qilishga bel bog‘ladi», - deya aytib o‘tdi O‘zbekistonga joriy yilda tashrif buyurgan Salvetti.
«Qozog‘istondagi ish modelimizni O‘zbekistonda ham qo‘llash mumkin - biz hukumatga xususiylashtirish to‘g‘risida maslahat beramiz, bank sektorini isloh qilishda yordam ko‘rsatamiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Mavzuga oid
13:37 / 06.09.2024
“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi
12:09 / 25.08.2024
Oltin qimmatlashdi, Bitcoin narxi ham oshdi – xalqaro moliya bozori sharhi
11:36 / 04.08.2024
Bitcoin va dollar arzonlashdi, oltin qimmatlashdi – xalqaro moliya bozori sharhi
09:05 / 31.07.2024