Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abbos Barnoyev: «yuristman lekin biznesni tanladim»
Barkamol yoshlar – bu prezident nutqida ko‘p ishlatiladigan jumla, desak noto‘g‘ri bo‘lmaydi. Boisi yoshlar masalasi prezident siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Balandparvoz gaplarsiz aytganda bu jiddiy va e'tibortalab masala. Hozirgi davr imkoniyatlar foydalanib, muvaffaqiyatga erishayotgan yoshlar safi kengayib bormoqda. Ana shunday yoshlardan biri, asli kasbi huquqshunos bo‘lgan Abbos Barnoyevdir.
U 1990 yil Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 2007-2011 yillarda Toshkent yuridik institutida, 2011-2013 yillar O‘zbekiston Milliy universitetining yuridik fakultetida tahsil olgan. “Barvent Impex” kompaniyasining operatsion va marketing yo‘nalishi bo‘yicha direktori, “SVeTOLYuKS” brendi asoschisi. KUN.UZ tahririyatining navbatdagi mehmoni Abbos Barnoyev.
- “SVeTOLYuKS" brendi, o‘zi aslida, loyiha asosida boshlangan edi. Bu brend elektr va chiroq mahsulotlariga tegishli bo‘lgan barcha tovarlarni aholi hamda qurilish obektlariga ulgurji va chakana tarzda yetkazib berish bilan shug‘ullanadi, - dedi A.Barnoyev.

Institutni bitirganimdan so‘ng, issiqxonalar qurilishida oddiy xodim bo‘lib ishladim, so‘ng bir qancha brigadalarni boshqardim. O‘shanda mineral o‘g‘itlar bilan ishlash fikri paydo bo‘ldi. Shundan so‘ng tadbirkorlik faoliyatim boshlanib ketdi.
- Kishi 21-24 yoshida shaxs sifatida to‘la shakllanishi kerak. Men boshida yurist bo‘laman derdim, lekin bildimki tadbirkorlikka iqtidorim, shu sohaga menda qiziqishim, muhabbatim va intilishim borligi tufayli yo‘limni topib ketishimga ishondim, - deydi yosh tadbirkor.
KUN.UZ tahririyati bilan o‘tkazilgan intervyu yosh tadbirkorning keng va teran fikrlari bilan juda qiziq bo‘ldi. Bu suhbat, albatta, shu yo‘lda endigina faoliyat yuritayotgan yoshlar uchun juda katta turtki, ilhom manbai bo‘ladi, deb o‘ylaymiz.
Mover.uz'da ko‘rish
Mavzuga oid
15:38 / 26.05.2026
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
11:21 / 20.04.2026
Parvarish xizmati ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 2030 yilgacha soliqdan ozod etiladi
12:15 / 10.04.2026