O‘zbekiston | 10:14 / 29.03.2018
14210
2 daqiqa o‘qiladi

Abdulla Aripov va Abdulaziz Komilov Rossiya elchixonasiga bordi

2018 yilning 28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasining Toshkent shahridagi elchixonasiga tashrif buyurdi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Hukumati nomidan elchi Vladimir Tyurdenovga Rossiyaning Kemerovo shahridagi ko‘plab insonlarning halok bo‘lishiga olib kelgan yong‘in munosabati bilan samimiy ta'ziya bildirildi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritildi.

Eslatib o‘tamiz, Kemerovodagi "Zimnyaya vishnya" to‘rt qavatli savdo markazidagi yong‘in 25 mart kuni ro‘y berdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, fojia oqibatida 64 kishi halok bo‘lgan. Yong‘in bo‘yicha ish yuzasidan besh gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Ular orasida qo‘riqlash xizmati xodimi ham bor, u, tergov ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in haqida signal kelib tushganida tizimni o‘chirib qo‘ygan.

Mavzuga oid