Jahon | 15:23 / 31.03.2018
7050
1 daqiqa o‘qiladi

Isroilning josuslik droni Livanda quladi

Foto: majalahmiliter.blogspot.ru

Livan janubida Isroilning josuslik uchar qurilmasi quladi. Bu haqda Reuters Al-Manar TV telekanaliga asosan xabar bermoqda.

«Isroilning noma'lum josuslik uchar qurilmasi mamlakat janubida quladi», - deya ma'lum qilishgan telekanal efirida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Tayyo-Bruk Zerixun tashkilot Isroil xavfsizlik kuchlarini Isroil va G‘azo sektori chegarasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng vazminlikka chaqirishi haqida ma'lum qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid