Sport | 00:44 / 01.04.2018
8882
2 daqiqa o‘qiladi

La Liga. «Real» Kanar orollaridan g‘alaba bilan qaytadi

Foto: Twitter/LaLiga

Ispaniya chempionati 30-turida «Real» Kanar orollariga tashrif buyurib, «Las-Palmas» bilan bellashdi.

O‘yin madridliklar ustunligi ostida o‘tib, yirik hisobdagi g‘alabasi bilan tugadi. Bellashuvda Beyl ikkita gol urgan bo‘lsa, yana bir gol Benzema hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 63 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «Las-Palmas» 21 ochko bilan 18-o‘rinni egallab turibdi.

La Liga, 30-tur
Las-Palmas – Real Madrid 0:3 (0:2, 0:1)

31 mart, «de Gran Kanariya» stadioni
Gollar: 0:1 – 26 Beyl, 0:2 – 39, penalti Benzema, 0:3 – 51, penalti Beyl. 
Las-Palmas – Chichisola, Ximo Navarro, Agirregaray, Masedo (Samperio, 46), Galves, Kastelyano, Gomes (Eksposito, 46), Akvilani, Xalilovich, Momo (Ezekiel, 85), Kaleri.
Real Madrid – Navas, Valexo, Teo, Nacho (Xakimi, 29), Varan, Modrich (Kovachich, 61), Kazemiro (Lorente, 62), Asensio, Vaskes, Beyl, Benzema.
Ogohlantirishlar: Momo (36), Galves (45), Ximo Navarro (51).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid