Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryo viloyatida foydalanilmayotgan obektlar tadbirkorlik sub'yektlariga beriladi
Surxondaryo viloyatida kichik sanoat zonalarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori (PQ–3635, 29.03.2018 y.) qabul qilindi.
Adliya vazirligining telegramdagi kanalida ta'kidlanishicha, ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholining bandlik va farovonlik darajasini oshirish qarorning maqsadidir.
Qaror bilan Surxondaryo viloyatining 9ta tuman (shahar)laridagi foydalanilmayotgan davlat mulki obektlari va ishlab chiqarish maydonlarida (jami 55,1 gektar) kichik sanoat zonalari (KSZ) tashkil etiladi.
KSZ hududidagi davlat ko‘chmas mulki tadbirkorlik sub'yektlariga biznes rejalarini bajarish, ish o‘rinlarini yaratish va saqlash, barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan keyinchalik mulk huquqi berilgan holda 10 yillik uzoq muddatli ijaraga beriladi.
Mazkur KSZlarda davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasi belgilanadi.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026