Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yashil” yo‘lakdan qizarib o‘tdi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari uchuvchisiz uchish qurilmasini mamlakatga noqonuniy olib kirilishining oldini olishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
“Urganch” xalqaro aeroportiga “Moskva-Urganch” reysi bilan samolyotda uchib kelgan fuqaro, 1976 yilda tug‘ilgan S.S. mamlakat hududiga kirish chog‘ida “yashil” yo‘lakni tanladi. Bu esa amaldagi tartiblarga ko‘ra mazkur fuqaroning yonida O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish taqiqlangan hamda me'yordan ortiq mahsulot va naqd xorijiy valyutalari yo‘qligini anglatadi. Ammo aslida ham shundaymidi? Gap shundaki, ushbu shaxs bojxona nazoratidan o‘tish chog‘ida unga tegishli bo‘lgan qo‘l yuklari “Xaymann” rentgen apparatidan o‘tkazilganida, kompyuter ekranidagi tasvirlar qo‘l yuklari orasida shubhali buyum borligini namoyon etdi. Bojxonachilar shu tariqa qonunbuzardan qiymati 1 000 000 so‘mlik, xorijda ishlab chiqarilgan, “X8HG 2.4G” yozuvli uchuvchisiz uchish apparatini ashyoviy dalil sifatida olishdi.
Shuni ta'kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida” 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli Qaroriga muvofiq, respublikamiz hududiga 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirilishi taqiqlangan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:13 / 26.01.2026
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
10:37 / 26.01.2026
Yuzlab dronlar va aviabombalar: Zelenskiy - Rossiyaning bir haftalik zarbalari haqida
22:04 / 25.01.2026
Xitoyda nishonni aniq uradigan miltiqli dron sinovdan o‘tkazildi
20:07 / 25.01.2026