Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shohjahon Ergashev va Qudratillo Abduqahhorov reytingda yuqoriladi
Professional boksda faoliyatini davom ettirayotgan o‘zbekistonlik bokschilar Shohjahon Ergashev va Qudratullo Abduqahhorov bokschilarning aprel oyi uchun chiqqan reytingida yuqoriladi.
Super yengil (-63,5 kg) vazn toifasining WBA yo‘nalishida janglarda ishtirok etayotgan Shohjahon Ergashev aprel oyi uchun reytingda yana ikki pog‘ona yuqorilab kuchli o‘nlikka kirdi va 9-pog‘onada qayd etildi. Ammo Shohjahon Ergashev noma'lum sababga ko‘ra, ushbu vazn toifasining WBC, WBO va IBF yo‘nalishlari reytingidan o‘rin olmagan. Mazkur yo‘nalishlarning kuchli 50 sportchisi ro‘yxatida Ergashevning ism-sharifi yo‘q.
Yarim o‘rta (-66,68 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Qudratullo Abduqahhorov esa Ergashevdan farqli ravishda deyarli barcha yo‘nalish reytinglarining yuqori pog‘onasida bormoqda. WBAda Abduqahhorov yangi reyting bo‘yicha 7-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, eng nufuzli yo‘nalish sanalgan WBCda 6-o‘ringa ko‘tarilgan. IBF yo‘nalishida Abduqahharov 8-o‘rinda bormoqda. Hozircha WBO yo‘nalishi bo‘yicha reytingning kuchli 15taligida Qudrattilo qayd qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, Abduqahharov (14 g‘alaba-0 durang-0 mag‘lubiyat, 9 nokaut) mart oyida vengriyalik Laslo Tot ustidan g‘alaba qozonib, o‘zining WBC kumush kamarini himoya qilgan bo‘lsa, Shohjahon Ergashev (12 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat, 12 nokaut) 28 aprel kuni xitoylik Jiming Vangga (10 g‘alaba-2 mag‘lubiyat-0 durang, 3 nokaut) qarshi ringga ko‘tariladi. Jang AQShning Bruklin shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:18 / 10.05.2026
Bahodir Jalolov Angliyadagi boks oqshomida raqibini texnik nokaut bilan yengdi
10:08 / 28.07.2024
Shohjahon Ergashev yana yutqazdi
09:02 / 29.03.2024
Shohjahon Ergashev panamalik bokschini nokautga uchratdi
09:20 / 26.11.2023